- Advertisement -Newspaper WordPress Theme
ErtaklarSichqonlar tortishuvi

Sichqonlar tortishuvi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ikki sichqon bor ekan. Bu sichqonlardan biri shaharda, ikkinchisi qishloqda yashar ekan.

Kunlardan bir kuni bu sichqonlar bir-birlari bilan tanishib qolibdi. Bundan keyin do‘st bo‘lishga ahdlashibdilar.

Birinchi bo‘lib qishloqda yashovchi sichqon shaharda yashovchi sichqonni mehmonga chaqiribdi.

Sichqon mehmonni bug‘doy g‘aramlari atrofida aylantiribdi va:

— Men bola-chaqalarim bilan shu joyda, huzur halovatda yashayman, — debdi.

Bir kuni shaharda yashovchi sichqon ham uni mehmonga taklif etibdi. Mehmon kelgach, u xumdagi yog‘larni ko‘rsatib:

— Sen u yerda bug‘doy bilan kun ko‘rayotgan bo‘lsang, men bu yerda xumdagi yog‘larni yalab, bola-chaqalarim bilan farog‘atda yashayapman. Men senga qaraganda yaxshiroq yashayman, — debdi.

Ikki sichqon bir-birlari bilan aytishib, janjallashib qolishibdi. Biri «men yaxshiroq yashayman» desa, boshqasi «yo‘q, men sendan ko‘ra yaxshiroq yashayman» deb rosa tortishishibdi. Bularning janjalini eshitib qolgan moshvoy sekin kelib, ikkala sichqonni ham yeb qo‘yibdi. Ular hatto qochishga ham ulgurolmay qolishibdi.

Oldingi sahifa
Keyingi sahifa

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Subscribe Today

GET EXCLUSIVE FULL ACCESS TO PREMIUM CONTENT

SUPPORT NONPROFIT JOURNALISM

EXPERT ANALYSIS OF AND EMERGING TRENDS IN CHILD WELFARE AND JUVENILE JUSTICE

TOPICAL VIDEO WEBINARS

Get unlimited access to our EXCLUSIVE Content and our archive of subscriber stories.

Exclusive content

Uchar gilam

Zumrad va Qimmat

Uch o‘g‘il

- Advertisement -Newspaper WordPress Theme

Latest article

Uchar gilam

Zumrad va Qimmat

Uch o‘g‘il

More article

- Advertisement -Newspaper WordPress Theme