- Advertisement -Newspaper WordPress Theme
ErtaklarMohir Usta

Mohir Usta

Qadim zamonda Teshaboy degan usta o’tgan ekan. Uning daraxtlari juda ko’p ekan. Teshaboy kun bo’yi turli-tuman yog’ochlardan chiroyli buyumlar yasar, hatto cho’pkari imoratlar qurar ekan, biroq daraxtlari sira kamaymas ekan. Daraxtlar borgan sari ko’payishining boisi usta

Teshaboy bitta daraxt yiqitsa, o’rniga ikkita ko’chat ekadi, deb o’ylasharkan odamlar. Bu gap to’g’ri ekan-u, ammo boshqa muhimroq siri ham bor ekan. Bu sirni usta o’z o’g’illariga aytishni niyat qilib yurarkan.

Teshaboyni uch o’g’li birin-ketin voyaga yetibdi. O’g’illari ulg’aygan sayin usta qarib, madordan qola boshlabdi. Bir kuni u o’g’illarini qoshiga chorlab, shunday debdi:

– Har biringiz o’rmonga borib, birorta buyum yasashga arzimaydigan yog’och topib kelingiz.

Birinchi bo’lib katta o’g’il o’rmonga yo’l olibdi. Qing’ir-qiyshiq yog’ochni tezgina topibdi. Yog’ochning g’o’la qismi bug’uning tumshug’iga, tarvaqaylagan ikki ulkan shoxchasi ham o’sha jonivorning shoxlariga juda o’xsharkan. Bundan na imorat, na eshik-rom, na xontaxta yasashda foydalanish mumkin, deb o’ylabdi u o’zicha.

Mana, — debdi u o’sha yog’ochni bazo’r sudrab kelarkan. — Hech vaqoga yaramaydiganini topdim. O’rmonda munaqa shox-shabbalar qalashib yotibdi…

Usta Teshaboy yog’ochni ko’rib negadir quvonib ketibdi.

Sen eng noyob buyum bo’ladigan yog’ochni keltiribsan-ku, — deb istehzoli kulibdi to’ng’ich o’g’liga. — Axir, bundan zo’r omoch yasash mumkin!

Teshaboy qo’liga teshasini olib ishga kirishibdi. Tarvaqaylagan shoxlarini tartibga keltiribdi, ular chiroyli dasta bo`libdi. Bug’uning tumshug’iga o’xshash qismini yo’nib, silliqlabdi-da, uchiga kuraksimon temir qoqibdi. O’g’illarining ko’z oldida juda alomat omoch paydo bo’libdi Chol o’g’illariga tushuntiribdi:

Yodlaringda bo’lsin, yog’ochlarni bir-biriga ulab yasalgan omoch chidamsiz bo’ladi. Yer haydashga kirishgandayoq ulangan joylari ayrilib ketaveradi. Ona-tabiat ehson qilgan manavi yog’ochdan yasalgan omoch esa, bir umr yer haydasangiz ham yetadi! Наr qanaqa zarang yerni shudgor qilishgayam qodir bu omoch!…

Navbat o’rtancha o’g’ilga yetibdi. U ham bo’lmag’ur yog’och izlab o’rmon oralabdi. Har xil tarvaqaylab o’sgan daraxt-u shox-shabbalar orasidan buyum bo`lishga yaramaydigan eng bo’lmag’urini izlay boshlabdi. Ko’p o’tmay o’rmonning qalin joyidan bitta yog’ochni tanlabdi. Semizligi bilakdek bu yog’och shunaqa buralib-buralib o’sgan ekanki, undan biror narsa yasash mumkinligiga o’rtancha o’g’ilning ko’zi yetmabdi. O’sha yog’ochni uyiga sudrab kelibdi. Uni ko’rib otasining chehrasi yorishibdi:

Men ko’pdan buyon axtarib, topolmay yurgan yog’ochni keltiribsan- ku, — deb o’rtancha o’g’ilni hatto maqtagan bo’libdi. — Sen ham akangga o’xshab dehqonchilikni xush ko’rasan, shekilli. Akang omochbop yog’och keltirgandi, sen bo’lsang ho’kizning bo’yniga bo’yinturuq bo’ladigan yog’och topibsan!…

Chol tag’in ishga kirishibdi. Hash-pash deguncha, juda mustahkam bo’yin­turuq yasabdi-da:

— Bu narsani tabiiy shakllanib o’sgan daraxtdan yasagan ma’qulroq, — deb qo’shib qo’yibdi. Buyum bo’lishga arzimaydigan yog’och topib kelish gali kenja o’g’liga yetibdi. U ham akalari singari o’rmonga yo’l olibdi. Ha, deganda qaytavermabdi. Shu ketganicha uch kecha-yu uch kunduz daragi bo’lmabdi. Axiri uyiga horib- charchab qaytibdi.

Xo’sh, sen qanaqa yog’och keltirding? — savolga tutibdi otasi.

Kenja o’g’il vazmin bosh chayqab javob beribdi:

Butun o’rmonni kezdim. Turli-tuman yog’ochlar juda serob ekan. Biroq ular orasida buyum bo’lishga arzimaydiganini topa olmadim…

Barakalla, — debdi chol kenja o’g’lining elkasiga qoqib. — Sendan haqiqiy usta chiqishiga ishonsam bo’larkan. Chindan ham yog’ochlarning buyum bo’lmaydigani yo’q. Bu ustaning mahoratiga bog’liq! Daraxtlarimiz yil sayin gurkirab o’sishining sirini ham anglagan bo’lsang kerak. Ya’ni men hech vaqt biror buyum yasash uchun duch kelgan daraxtni kesmayman. Hatto oddiy cho’pniyam huda-behudaga yo’nib tashlamayman, isrof qilmayman! Avvalo, yasaydigan buyumimga yarasha yog’och axtaraman, eng maqbulini tanlab, so’ng ishga kirishaman. Qarabsanki, yog’och ham zoye ketmaydi, yasagan buyumim ham o’ta sifatli bo’ladi…

Usta Teshaboy kenja o’g’liga yana bir qancha nasihatlar qilib, dastgohi va ustalik anjomlarini unga meros qoldiribdi.

Oldingi sahifa
Keyingi sahifa

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Subscribe Today

GET EXCLUSIVE FULL ACCESS TO PREMIUM CONTENT

SUPPORT NONPROFIT JOURNALISM

EXPERT ANALYSIS OF AND EMERGING TRENDS IN CHILD WELFARE AND JUVENILE JUSTICE

TOPICAL VIDEO WEBINARS

Get unlimited access to our EXCLUSIVE Content and our archive of subscriber stories.

Exclusive content

Uchar gilam

Zumrad va Qimmat

Uch o‘g‘il

- Advertisement -Newspaper WordPress Theme

Latest article

Uchar gilam

Zumrad va Qimmat

Uch o‘g‘il

More article

- Advertisement -Newspaper WordPress Theme