- Advertisement -Newspaper WordPress Theme
ErtaklarLaylak bilan tulki

Laylak bilan tulki

Laylak bilan tulki do’st bo’lgan ekan. Qimmatchilik vaqti kelib,ikkisi bola-chaqasi bilan och qolibdi. Bir kun laylak tulkiga:

— Tulkiboy, sen uyga qarab o’tir Men uchib borib o’zimizga va bolalarimizga ovqat topib kelay,— debdi.

Tulki rozi bo’lib, uyda bolalarga qarab qolibdi. Laylak ovga ketibdi.

Tulki uyda o’zining va laylakning bolalariga qarab o`tiraverib oradan besh kun o’tibdi, olti kun o’tibdi, laylakdan darak bo`lmabdi. Tulkining qorni nihoyatda ochib, holdan ketay deb qolibdi, ochdan o’lar holga kelibdi. Tulki u yoq-bu yoqqa qarab, hech kim yo’qligidar foydalanib, laylakning bitta bolasini tappa bosib yeb qo’yibdi. Bolani yeb bo’lgandan keyin qarasa, laylak ikki toshbaqa, beshta qurbaqa, ikki ilonni olib, ovdan kelyapti. Tulki o’zicha:

— Ey, attang-ga, bir kun qarasam ekan, do’stim ancha oziq olib kelar ekan, endi nima deb javob beraman,— deb yig`lay beribdi. Laylak uyga kelsa, tulki do’sti yig`lab o`tirgan emish. Laylak:

— Ey tulki do’stim, nega yig’laysan?— deb so’rabdi Tulki уig’і aralash: — Hay, hay, laylak do’stim, bo’yni uzunjonning biri kasal bo’lib o’lib qoldi, shunga yig’layapman, deb suyaklarini ko’rsatibdi. Laylak xafa bo’libdi, yig’labdi va bolasini olib, tulkidan yashirib boshqa yoqqa uchib ketibdi.

Keyingi sahifa

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Subscribe Today

GET EXCLUSIVE FULL ACCESS TO PREMIUM CONTENT

SUPPORT NONPROFIT JOURNALISM

EXPERT ANALYSIS OF AND EMERGING TRENDS IN CHILD WELFARE AND JUVENILE JUSTICE

TOPICAL VIDEO WEBINARS

Get unlimited access to our EXCLUSIVE Content and our archive of subscriber stories.

Exclusive content

Uchar gilam

Zumrad va Qimmat

Uch o‘g‘il

- Advertisement -Newspaper WordPress Theme

Latest article

Uchar gilam

Zumrad va Qimmat

Uch o‘g‘il

More article

- Advertisement -Newspaper WordPress Theme