Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, toshbaqa torozbon ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan.
Bor ekan, yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, toshbaqa torozbon ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan.
O‘sha yurtda aqlu farosatda yakkayu yagona Zol degan donishmand o‘tgan ekan. Uning uchta o‘g‘li bo‘lib, kattasining ismi Ibrohim, o‘rtanchasiniki Abdulla va kenjasi esa Rustam ekan. Zol bolalarini yaxshi tarbiyalabdi. Rustam otda yurish, nayza otish, qilichbozlik kabi hunarlarni mukammal o‘rganibdi. U baland bo‘yli, keng yelkali, bahodir yigit bo‘lib yetishibdi. Nodirshoh yurtidan olti oylik yo‘lda, bepoyon cho‘lu biyobonlar va boshi bulutga yetgan uchta tog‘ning naryog‘ida Devsafid deb atalgan bahaybat dev yashar ekan. Uning uchta boshi bo‘lib, bir boshi odam boshiga, bir boshi ilon boshiga o‘xshar ekan. Uning eng sevimli ovqati odam go‘shti ekan. Kunlardan bir kun Devsafidga berish uchun keltirilgan odamlar tamom bo‘lib qolibdi. Shunda u ikki devni oldiga chaqirib:
— Hozir jo‘nab, bir yilga yetgudek odam topib kelasizlar. Quruk qaytadigan bo‘lsanglar, tiriklay terilaringni shilaman!— deb buyruq beribdi.
— Buyrug‘ingizni bajaramiz,— deb devlar yo‘lga tushibdilar.
Ular kun chiqish tomonga qarab uchib ketibdilar. Nihoyat devlar Nodirshoh yurtiga yaqinlashib qolibdilar. Har ikkala dev pastga tushib bir dumalab odam qiyofasiga kiribdida, shaharga yo‘l olibdilar. Shu kuni shaharda sayil tashkil qilingan, hamma xursand ekan. Faqat sozanda va ashulachilar yo‘q ekan. Devlar buni sezib, sehr bilan bitta tayoqni dutorga, qovun po‘chog‘ini doiraga aylantiribdilar-da, maftun qiluvchl kuy chalib, qo‘shik ayta boshlabdilar. Hatto butun ulamolari bilan sayilga chiqqan Nodirshoh ham bularning ashulasini berilib tinglabdi. Shaharning deyarli barcha aholisi shu yerga to‘planibdi. Shunda devlardan biri so‘z boshlabdi:
— Ey Muhammadning sevimli fuqarolari! Baxtingiz kulgan ekanki, yo‘limiz sizning yurtingizga tushibdi. Sizlarni boyitgani keldik. Bizning yurtimizda oltin xuddi guproqdek sochilib yotibdi. Kun botish tomonga qarab o‘n ikki kun yo‘l yurib, uchta tog‘dan o‘tsangiz, bizning yurtimizga yetasiz. Qop va aravalarni esdan chiqarmanglar, yetti avlodingizga yetgudek oltinga ega bo‘lib qaytasizlar.
Bunchalik boylikning daragini eshitgan odamlar uy-uylariga yuguribdilar. Butun ulamolari, lashkarlari va otaravalari bilan Nodirshoh ham safarga otlanibdi. Shunda Zol shohning oldiga kirib:
— Ey ulug‘ shoh, bu yo‘ldan qayt, shaytonning.vasvasasiga uchma, keyin pushaymon bo‘lib yurma,— deb nasihat qilibdi. Shoh unga:
— Ko‘p vahima qilavermasang-chi, atigi o‘n ikki kunlik yo‘l ekan, borib ko‘ramiz, agar kelgindilarning gapi rost bo‘lsa, oltinga ko‘milib qaytamiz, mabodo aldagan bo‘lsa, terilariga somon tiqaman,— deb yo‘lga tushishga buyruq beribdi.
Yo‘lovchilar uch kun deganda birinchi toqqa yetibdilar, olti kunda ikkinchi tog‘dan ham o‘tibdilar. To‘qqizinchi kuni uchinchi togdan ham o‘tib, bepoyon cho‘lga chiqibdilar. Yana uch kun yo‘l yurib cho‘qqisi bulutlarga yetgan tog‘lar bilan o‘ralgan keng vodiyga yetib kelibdilar. Shunda odam qiyofasidagi devlar bir dumalab o‘z qiyofalariga qaytibdilar-da, har ikkalalari baravariga gumburlagan ovoz bilan:
— Biz endi maqsadga yetdik, ochko‘zlik qilib, oltin ketidan quvib keldinglar. Hamma tomoningiz bepoyon cho‘l. Sizlarning yurtingiz bu yerga olti oylik yo‘l. Endi hammalaring ulug‘imiz Devsafidga yem bo‘lasizlar,— deyishibdi. Ogir ahvolda qolishganini sezgan Nodirshoh o‘zining sexrgariga:
— Hamma umidimiz sendan, ahvolimizdan Zolni xabardor qil!—debdi.
Sehrgar chumchuq qiyofasiga kiribdi-da, «pirr» etib uchib ketibdi. Shu payt qattiq shamol ko‘tarilib, quyosh yuzini bulut qoplagandek bo‘libdi. Uch boshli bahaybat maxluq — Devsafid odamlar oldiga tushibdi.
Odamlar qo‘rquvdan qalt-qalt titrabdilar. Devsafid odamlarga tuproqqa o‘xshagan narsani sochgan ekan, hammalari ko‘r bo‘lib qolibdilar. Dev ularni g‘orga qamab, ikkita semizrog‘ini tanlab olibdi va g‘orning og‘zini katta tosh bilan bekitibdi. Keyin tanlab olgan odamlarni olib uchib ketibdi!
Nodirshoh va uning yo‘ldoshlari, qorong‘i zindonda shu ahvolda tura tursin. Endi sehrgardan eshiting. Sehrgar tog‘- matog, daraxtma-daraxt uchib, oxiri o‘z yurtiga yetib boribdi. Darhol Zolning oldiga borib, uni bo‘lgan gapdan xabardor qilibdi. Zol qaysar shohni ich-ichidan koyib, dev panjasiga tushgan fuqaroni qutqarishni o‘ylay boshlabdi. O‘ylab-o‘ylab o‘zining uch o‘glidan botirini yubormoqchi bo‘libdi. Ularning mardligini sinashga qaror qilibdi.
Avvalo to‘ng‘ich o‘g‘li Ibrohimni chaqirib:
— Hov anavi tog‘ni ko‘ryapsanmi? Usha tog‘ning narigi yeg‘ida bahaybat ajdar in quribdi. O‘sha ajdarni o‘ldirishni, senga buyurmoqchiman,— debdi.
brohim qo‘rqqanini bildirmaslikka harakat qilib:
— Xo‘p, ota, buyrug‘ingizni bajaraman,— deb javob beribdi.
Ertasi kuni Zol belgilangan joyga borib, bahaybat ajdar qiyofasiga kirib, o‘g‘lining kelishini kutib yotibdi. Ibrohimni uzoqdan ko‘rishi bilan ajdar chinqirib unga tomon kela boshlabdi. Buni ko‘rgan Ibrohim «o, o‘ldim» deb ko‘nglidan o‘tkazibdi-da, orqasiga qaramay qochibdi.
Ikkinchi kuni navbat Abdullaga yetibdi. U ham ajdarni ko‘rishi bilan qochib qolibdi. Uchinchi kuni navbat kenja o‘g‘il — Rustamga yetibdi. Rustam topshiriqni eshitgach:
«Kuchimni sinash payti yetdi», deb quvonibdi. Aytilgan . vaqtda toqqa qarab yo‘l olibdi. Uzoqdan bir narsaning yaltiragayini ko‘rib qolibdi. Yaqin borib qarasa, katta bir xarsang toshning ustida oltin suvi berilgan qilich yotganmish. Rustam qilichni olib, u yoq-bu yoqqa aylantirib qarasa qilich dastasiga mayda harflar bilan:
«O‘glim Rustam! Bu qilich seniki. Uning ajoyib bir xislati bor: dushmanga hamla qilganda qirq gaz uzayadi»,— deb yozilgan emish. Rustam bunday ajoyib qilichni topganiga sevinib, ajdar yashiringan toqqa mardona yurib. ketibdi. Bir tepadan o‘tgandan keyin ajdarni ko‘ribdi. Ajdar ham dahshat bilan Rustam tomonga kela boshlabdi. Rustam qo‘lida keskir qilichi bilan na’ra tortib ajdarga tashlanibdi.
U qilichini ko‘tarib, endi zarb bilan urmoqchi bo‘lganda birdan: «Rustam! Bu otang-ku»—degan ovozni eshitib seskanib ketibdi. Rustam qarasa, oldida ajdar emas, otasi — dono Zol turganmish.
— Barakalla, o‘g‘lim, barakalla, sen mard yigit bo‘libsan, men sizlarni sinash uchun ajdar kiyofasiga kirgan edim,— deb tushuntiribdi chol,—Mana endi senga haqiqiy ish buyuraman,— deb, dono chol sehrgar nimalarni aytib berganini, Rustam Devsafid panjasiga tushib qo’lgan kishi- larni qutqazishi darkorligini so‘zlabdi. Rustam rozi bo‘libdi. Ertasi kuni Zol o‘glining safar anjomlarini tayyorlab kuzatarkan: «O‘g‘lim, sening bu safaring xatarli. Yo‘lda uchragan narsalarga ehtiyot bo‘l. Tilsimot bo‘lishi mumkin», deb nasihat kilibdi. Rustam saman otiga ozuqa solingan xurjunni ortib, sehrli qilichni beliga taqib, yo‘lga ravona bo‘libdi.Uchkur otida to‘xtamasdan yo‘l yuribdi. Birinchi toqqa yetgach, ovqatlanib, dam olgani yotibdi. Endi ko‘zi ilingan ekan hamki, oti uni tumshug‘i bilan turtib uygotibdi. Jonivor biror xabar sezdi shekilli, deb o‘ylab, Rustam u yoq-bu yoq- qa alanglabdi, hech narsa ko‘rinmabdi, yana uxlagani yotibdi. Ot yana uyg‘otibdi. Yana o‘rnidan turib u yok-bu yoqlarni aylanib qarabdi. Hech nima ko‘rmabdi.. Uchinchi marta ot turtib uyg‘otganda Rustam sakrab turib karasa, kattakon dev g‘orga yashirinib yotganmish. Shundagina Rustam otining ishorasini payqabdi. Dev uni uxlab yotgan joyida o‘ldirmoqchi ekan. Rustam dev bilan olishmoqchi bo‘libdi. G‘orning og‘ziga borib:
— Hoy qonxo‘r dev, chik, olishamiz!— deb kichqiribdi.
Dev yashiringan joyidan chiqibdi. Ular olisha ketibdilar. Dev o‘zining to‘qson botmonli gurzisi bilan hamla qilibdi.
Rustam chap beribdi. Devning gurzisi toshga borib urilibdi. Rustam qilichini ko‘tarib chaqqonlik bilan bir urgan ekan, devning boshi tanasidan judo bo‘libdi.
Jangdan keyin Rustam bir oz dam olib yana yo‘lga tushibdi. Shu borishda ikki tog‘dan o‘tibdi. Bepoyon jazirama cho‘lda dam olmay yo‘l yuribdi. Bir necha hafta cho‘lda tinimsiz yo‘l yurgach, uzoqdan to‘rt paxsa bilan o‘ralgan chorbog‘ni ko‘rib qolibdi. Otini niqtab chorbog‘ tomon boribdi. Otdan tushib chorboqqa kiribdi.
Qarasa, chorbog‘da ham jon egasi ko‘rinmasmish, boqqol do‘konlarida turli-tuman mevalar, qandu novvotlar, holvayu murabbolar to‘lib yotganmish. Hatto mevalar tarozi pallalariga solinganicha, matolar gazlarga o‘ralganicha, ko‘k choy piyolalarga kuyilganicha turganmish. Go‘yo, bozor ayni qiziganda barcha jon zotini yer yutgandek. Rustamning bu nozu ne’matlardan yegisi, ko‘k choydan qonib-qonib ichgisi kelibdi. Oltin piyolani qo‘liga olib ichay deb turganida birdan: «Ichma, zahar»,— degan ovoz eshitilibdi. Bu ovoz otasining ovoziga juda o‘xshar emish. Rustam u yoq-bu yoqqa qarabdi, hech kim ko‘rinmabdi. Shundan keyin Rustam bozorni aylanib chiqishga qaror qilibdi.
Bir vaqt qarasa, bozorning bir burchagida oltita dev suhbatlashib o‘tirganmish. Devlar Rustamni ko‘rishi bilan har tomondan yopirilibdilar. Bahodir qilich yalang‘ochlab tayyor bo‘lib turibdi. U bir zarb bilan oldidagi devning boshini kesibdi. Shu zahoti do‘konlardagi mevalar yo‘q bo‘lib- di. O‘ng qo‘lidagi qilichi bilan bir devning hamlasini qaytarib turib, chap qo‘li bilan o‘lik devni ko‘tarib urganda yana ikki devni qulatibdi. Shu zahoti barcha shirinliklar goyib bo‘libdi. Yana ikki devni o‘ldirganida bozor ichida hech nima qolmabdi. Oxirgi devning ham boshini kesganda, paxsa devor ham goyib bo‘libdi. U bepoyon jazirama cho‘lda oti bilan yolgiz o‘zi turganmish. «Otam aytgan tilsimotlardan biri shu ekan-da»,— deb qo‘yibdi o‘zicha Rustam. Bu bozor Devsafidning Rustamni nobud qilish uchun qo‘ygan tilsimi ekan.
Rustam saman otiga minib yo‘lga ravona bo‘libdi. Tashnalik va ochlikka bardosh beribdi. To‘qqiz kun tinmay yo‘l yurib, bir boqqa yetib boribdi. Otni bog‘ devoriga qoqilgan qoziqqa bog‘lab, o‘zi boqqa kiribdi. Cho‘lning o‘rtasida bunday xushmanzara bog‘ni ko‘rib, og‘zi ochilib qolibdi. Cho‘l o‘rtasidagi bozor voqeasidan keyin Rustam juda ehtiyotkor bo‘lib qolibdi. Sekin-asta yurib, bog‘ning o‘rtasiga boribdi. Qarasa, o‘rtada katta hovuz bor emish. Hovuzning to‘rt tomonida ham oltin supalar bo‘lib, supalarga qimmatbaho gilamlar, atlas ko‘rpachalar to‘shalganmish. Supalarning birida munkillab qolgan bir chol charm muqovali qalin kitobni o‘qib o‘tirganmish. Rustam hovuz bo‘yiga kelishi bilan chol kitobdan boshini ko‘tarib unga qarabdi. Rustam qo‘l qovushtirib salom beribdi.
— Vaalaykum assalom! Kel, Rustamjon, kel. To‘qqiz yuz to‘qson yetti yildan beri orziqib kutgan mehmonim, kel! Axir, kelar kuning ham bo‘lar ekan-ku! Kel! Seni bir o‘pay.
Chol qiynalib o‘rnidan turibdi-da, Rustamning peshanasidan o‘pibdi. Keyin Rustamni yoniga o‘tqizib, bu bog‘da yer osti saroyi borligi va undagi boylikni Rustamga deb, sal kam ming yildan beri asrab kelayotganini aytibdi. Shundan keyin chol yurolmasligini vaj qilib, Rustamdan yer osti saroyi eshigigacha ko‘tarib borishni iltimos qilibdi. Chol Rustamga yer osti saroyidagi xazinalarni o‘z qo‘lim bilan topshiraman debdi. Rustam cholni yelkasiga mindiribdi. Chol o‘zining gavdasiga qaraganda ming marta ogir ekan. Rustam uni ko‘tarib zo‘rga o‘rnidan turibdi. Yigitning yelkasiga minib olgan chol,avvalo bog`ni bir aylanib chiqib, keyin yer osti saroyiga kirmoqchi bo‘libdi. Bogni aylanib chiqquncha.
Rustam terlab ketibdi. Chol aytgan joyda hech nima ko‘rmagach, Rustam: «Qani, ota, endi tushing!»—debdi. Shunda chol yigitning yelkasiga o‘rnashibroq o‘tirib, qah-qah kulibdi-da: «Hah, it o‘g‘li! Qo‘limga tushmas ekansanmi! Men seni shu ming botmon og‘irligim bilan bosib o‘ldirmoqchiman»,— debdi. Rustam uni siltab tashlamoqchi bo‘lgan ekan, cholning badanidan sanoqsiz tomirlar o‘sib chiqib, yigitni o‘rab tashlabdi. Rustam og‘ir yukdan holdan ketib yiqilibdi, uning ko‘z oldida otasining yo‘lga jo‘natayotgan paytlari, Devsafid qo‘lida azob chekayotgan hamshaharlari bir-bir o‘ta boshlabdi. Bormasa hamshaharlarining nobud bo‘lishini o‘ylagan Rustam, o‘zining bu ahvolda yotishidan uyalibdi. Cholning hiylagarligidan g‘azablanibdi.
— Otajon! Bandi o‘g‘lingizga yordam bering! — deb bor kuchini to‘plab, bir kerishgan ekan, tomirlar uzilib ketibdi. O‘rnidan turib qarasa, haligi xushmanzara bog‘ g‘oyib bo‘libdi. Cholning gavdasi tushgan joyda bir to‘nka yotganmish.
Rustam yana yo‘lga ravona bo‘libdi. Yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi. Yetti kun deganda tosh devorli bir qal’aga yetib boribdi. Qal’aning darvozasi temirdan emish. Bahodir otdan tushib darvoza oldiga boribdi. Qarasa, darvozaning o‘ng ravog‘ida:
«Rustam, bu qal’ada kuchda sendan zo‘r, kurash mashqi va hiylada sendan epchil, go‘zallikda cho‘lpon yulduzini cho‘rilik- ka ham qabul qilmaydigan bir bahodir qiz bor. U kirave- rishda o‘ng tomonda baland taxtda o‘tiribdi. Sen uning husniga mahliyo bo‘lma! U sening dushmaning, qayerga va nima uchun borayotganingni esdan chiqarma. Qizga teskari qarab tur. Shunda u senga: «Hoy yigit, menga qarang!» deydi. Sen unga: «Bu yoqda ham senga o‘xshagan bir pari bor»,— degin. «Qani u?» deganida «maka»,— deb epchillik bilan shartta chopib tashlagin!»—deb yozilgaimish.
Rustam ichkari kiribdi. Darvozada yozilgan maslahatga amal qilib, Devsafidning eng zo‘r pahlavonini ham yengibdi. Kattakon qozonda pishib turgan go‘shtni yebdi, sho‘rvasini ichibdi. Hordig‘ini chiqarib yana Devsafidni izlab yo‘lga tushibdi. Bir necha kun yo‘l yurgach, otini o‘tlagani qo‘yib uyquga ketibdi. Shu payt bir dev kelib qolibdi. Vafodor ot egasini himoya qilishga otilibdi. To tong otguncha devni Rustamga yaqinlashtirmabdi. Ertalab bahodir uyqudan kuchiga kuch qo‘shilib turibdi. Qarasa, ot bilan dev olishib yotgan emish.
Rustam darhol devga hamla qilibdi. Qurolsiz devga qilich ko‘tarishni ep ko‘rmay, kuchli qo‘llari bilan devning belidan quchoqlab dast ko‘tarib yerga uribdi. Dev bo‘ynigacha yerga botib ketibdi. Uldirmoqchi bo‘lgan ekan, dev yalina boshlabdi.
— Ey pahlavon yigit, meni o‘ldirma, to o‘lgunimcha kuling bo‘laman. Nima buyursang, shuni bajaraman, rahm qil.
— Xo‘p, mayli, seni o‘ldirmayman, lekin shart shuki, meni Devsafid oldiga boshlab borasan.
Shunday qilib, Rustam devni quloqlaridan tortib, yerdan sug‘urib olibdi va yo‘l boshlashni buyuribdi.
Nihoyat, devori katta-katta xarsang toshlardan qilingan uylarga yetib boribdilar. Bu devlar shahri ekan. Rustam uzoqdan xuddi tandirga ho‘l o‘tin yoqilgandagidek buruksib tutun chiqayotganini ko‘rib qolibdi.
— Bu qanaqa tutun?— deb so‘rabdi u Samandevdan.
— Bu Devsafidning eng zo‘ravon uch polvonidan biri Qoradevning o‘pkasidan chiqayotgan tutun,— deb javob beribdi Samandev.
Rustam tutun chiqqan joyga borib qarasa, tutun kattakon bir quduqdan chiqayotganmish. Bu quduq Qoradevning makoni ekan. Samandev Qoradevni chaqiribdi. Qo‘lida o‘ttiz botmonlik gurzisi bilan Qoradev chiqib kelibdi. O’ttiz botmonlik, gurzini Rustamni yanchib tashlamoqchi bo‘lib ko‘taribdi. Rustam hamla bilan javob beribdi. Keskir qilichi bolap devning gurzi ko‘targan qo‘lini shartta kesib tashlabdi.
Bahodirning qilichi ikkinchi marta ko‘tarilib tushganda, devning boshi ham tanadan ajralgan qo‘l yoniga borib tushibdi. Endi Samandev Rustamni Devsafidning ikkinchi pahlavoni Qo‘ng‘irdevning makoniga boshlab boribdi. Bu quduqdan uchkun aralash tutun chikib turganmish. Rustam peshindan to kechgacha olishib, bu devni ham jahannamga jo‘natibdi.
Uchinchi pahlavon yotgan quduq boshiga borsalar, osmonga o‘t qo‘ygudek alanga otilib chiqib turganmish. Bu Devsafidning eng kuchli pahlavoni bo‘lib, otini Akvondev der ekanlar. Akvondev kuchda Devsafidga teng kelar ekan. Har bir qo‘li kattakon daraxt gavdasiday ekan. U tik yurganda boshi bulutga yetgani uchun, enkayib suv ichishga erinib, bulutlarning suvini shimib icharkan. To‘qson botmon gurzini to‘qqiz chaqirim joyga ota olar ekan. Bu safar Rustamga ana shunday dushman bilan jang qilishga to‘g‘ri kelibdi. Dev ikki qo‘liga qirq besh botmonli ikki gurzini olib goh unisi bilan, goh bunisi bilan jang qilaveribdi. Rustam goh gurzilarga chap berib, goh qarshi hujumga o‘tib bahodirlarcha jang qilibdi. U har qilich siltaganida devning biror joyiga zarar yetkazaveribdi.
Chang, to‘zon osmonga ko‘tarilibdi, shu ahvolda ular uch kechayu uch kunduz dam olmay jang qilibdilar. To‘rtinchi kun tongotar mahalda Akvondev holdan ketib yiqilibdi. Rustam qilichi bilan bir urib, uning tanasini ikkiga ajratibdi, qilichini artib qinga solibdi. Samandevga ovqat tayyorlashni buyuribdi. Bu og‘ir kurashdan keyin yaxshilab hordiq chiqarmoqchi bo‘libdi. To‘qqiz qo‘yning go‘shtini bir o‘tirishda yeb qo‘yibdi. Vafodor otini ham beda va arpa berib to‘ydiribdi.
Ertasi kuni quyosh endigina bosh ko‘targanida, Devsafid-ning makoniga yetib boribdi. Devsafid toshdevor va temir darvozali yetti tanobcha keladigan saroyida, boshini to‘rdagi yostiqqa qo‘yib, oyog‘ini eshikka tamba qilib, atrofni larzaga keltirib xurrak otib uxlar ekan. Rustam zarb bilan eshikni itarib ichkari kiribdi-da, Devsafidni turtibdi. Dev qimir etmabdi. Rustam uning oyog‘iga qilichining uchini suqqan ekan, dev yonboshiga ag‘darilib yotibdi. Rustam qilichni qattiqroq suqqan ekan, u turib o‘tiribdi. Shunda Rustam:
— Ey qonxo‘r dev, tur o‘rningdan, bugun barcha qilmishlaringga javob berasan. Men sendan o‘lgan do‘stlarimning qasosini olgani, tiriklarini ozod qilgani keldim,— deb qilich yalang‘ochlab tashqaridagi urush maydoniga borib turibdi.
Dev o‘rnidan qo‘zg‘almay:
— Men surunkasiga bir oy uxlashim kerak. Bugun yigirma yettinchi kun, yana uch kundan keyin kel. Shunda seni qovurib yeyman,— deb g‘o‘ldirabdi.
Rustam Samandevning makoniga borib yaxshilab dam olibdi. Uch kundan keyin jang maydoniga kelib turibdi.
Devsafid yuz botmon gurzini o‘ynatib chiqib kelibdi. Sulhsiz jang boshlanib ketibdi.
Rustam qilichni ustalik bilan ishlatibdi. Har qilich siltaganida devning botmoncha keladigan go‘shtini kesib tashlayveribdi. U chaqqonlik qilib devning gurzi ushlagan qo‘lini kesib tashlabdi. Dev kesilgan qo‘lini ikkinchi qo‘liga, olib shu yerdagi bir devorning orqasiga o‘tib kelgan ekan, kesilgan qo‘l o‘z o‘rnida turganmish. Dev kelib yana avvalgiday kuch bilan Rustamga hamla qilaveribdi. Gurzining o‘tkir tishlari Rustamning u yer-bu yeriga tegib, tilib ham yuboribdi. Shunga qaramay, bahodir ketma-ket zarbalar beraveribdi. Lekin dev har safar kesilgan joyini o‘sha sir- li devor orqasiga o‘tib yamab kelaveribdi. Olti kun ahvol shu tarzda o‘tibdi. Yettinchi kun, mayda-chuyda zarbalarning foydasizligini sezgan Rustam devning ko‘zini shamg‘alat qilib, o‘rtadagi boshiga zarb bilan urgan ekan, dev ikkiga bo‘linibdi. Qalt-qalt titrab, ikki tomonga gursillab ag‘darilibdi. Uning bu qulashidan yer larzaga kelibdi. Rustam qilichini yaxshilab tozalabdi va bir o‘pib qiniga solibdi. Devning kesilgan joyini yamash sirini ilish uchun devor orqasiga o‘tibdi.
Qarasa, kattakon xarsang toshning ostidan bir buloq otilib, hovuzga quyilib turganmish. Rustam buloq suvidan qonib-qonib ichibdi. Hovuzdan chiqib qarasa, Devsafid bilan bo‘lgan jangda orttirgan yaralardan asar qolmabdi. Kuchi yanada ortganini sezibdi. Shundan keyin Samandevni oldiga solib vatandoshlari qamalgan gor yoniga boribdi. Devsafid qo‘ygan xarsang toshni uloqtirib, gorning og‘zini ochibdi.
— Qonxo‘r devga asir bo‘lgan aziz vatandoshlarim, chiqinglar. Sizlar ozodsizlar,— deb xitob qilibdi. Ochlikdan, hasratdan ozib-to‘zib ketgan odamlar yorug‘ dunyoga chiqa boshlabdilar. Rustam bilan yig‘lab-yig‘lab quchoqlashib ko‘rishibdilar. Rustam odamlarni shifobaxsh hovuzga boshlab borib yuvintiribdi. Hammalarining ko‘zi ochilib, Rustam bilan qayta ko‘rishibdilar. Shundan keyin safar anjomlarini tayyorlab, o‘zlarining sevimli diyorlari tomon yo‘lga chiqibdilar. Olti oy cho‘lu biyobonlarda yo‘l,yurib, o‘z mamlakatlariga yetib kelibdilar. Qaytish sharafiga yetti kun to‘y-tomosha beribdilar. Endi hech kim oltin izlab o‘zga yurtga bormaydigan bo‘libdi. Ular o‘zlarining sevimli, go‘zal Vatani tuganmas oltin koni ekanligini endi anglabdilar.
«Birovning yurtida, shoh bo‘lgandan, o‘zingning yurtingda gado bo‘l», degan maqol o‘sha paytdan qolgan ekan.